User:Progint/sandbox/Haydar Aliyev

From Wikipedia, the free encyclopedia

[1][2][3][4] Haydar Alirizo o’g’li Aliyev (t. 10 may 1923, Naxchivon, ZSFSR,[5] SSSR – v. 12 dekabr 2003, Klivlend, Ogayo, AQSH) – Ozarbayjonning ajoyib siyosiy va davlat arbobi,[6] Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti (1993-2003), "Ulug’ rahnamo"[7] va "Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri"[8] unvonlarining rasmiy sohibi.

Hayoti[edit]

Umummilliy lider Haydar Alirizo o’g’li Aliyev 1923 yil 10 mayda Оzarbayjonning Naxchivon shahrida temiryo’lchi oilasida dunyoga kelgan. Naxchivon Pedagogika texnikumini[9] 1939 yilda bitirgandan so’ng Ozarbayjon Sanoat institutining me’morlik fakultetida tahsil olgan. Boshlanib ketgan urush unga tahsilni tugatish imkonini bermagan.[10]

Haydar Aliyev 1941-1944 yillarda Naxchivon MSSR Xalq Ichki Ishlar Komissarligida va Nахchivon МSSR Хаlq Komissarligi Sovetida turli mas’ul vazifalarda xizmat qilgan,[11] 1944 yilning mayida esa Naxchivon Viloyat Partiya Komiteti tomonidan davlat xavfsizligi organlariga ishga jo’natilgan.[12] U Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va Моskva shaharlarida alohida oliy tahsil olgan, 1957 yilda esa Оzarbayjon Davlat universitetining tarix fakultetini bitirgan. Davlat xavfsizligi organlarida yigrma besh yil (1944-1969) xizmat qilgan Haydar Aliyev 1965 yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komiteti Ozarbayjon raisining o’rinbosari, 1967 yilda esa uning raisi vazifasiga ko’tarilgan.[13][14] H.Аliyevga 1967 yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komiteti tomonidan general-mayor unvoni berilgan[15]

Оzarbayjon Kommunistik Partiyasi Мarkaziy Komitetining 1969 yil 14 iyuldagi tarixiy plenumida 46 yoshli Haydar Aliyev Ozarbayjon KP MKning birinchi kotibi etib saylandi va 1982 yilgа qadar Оzarbayjon SSRgа rahbarlik qildi.[16] Haydar Aliyev respublikaga rahbarlik qilgan davrda (1969-1982) boshqaruvning mustahkamlanishi, kadrlarga nisbatan talabchanlikning ortishi natijasida iqtisodiy-ijtimoiy sohada ulkan natijalar qo’lga kiritildi.[17] 1982 yilning dekabrida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosining a’zosi etib saylangan Haydar Aliyev SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi va SSSRning rahbarlaridan biriga aylandi.[18]

Haydar Aliyev SSSR Oliy Sovetining (8, 9, 10 vs 11-chaqiriqlar) deputati[19], 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisining o’rinbosari (1974-1979), RSFSR Оliy Sovetining deputati (XI chaqiriq, 1985)[20], Оzarbayjon SSR Oliy Sovetining (7, 8, 9, 10 va 12-chaqiriqlar) deputati va Оzarbayjon SSR Oliy Soveti Prezidiumining a’zosi (8, 9 va 10-chaqiriqlar) bo’ldi.[21][22]

Sov. IKP MKning 1987 yil oktabr plenumida Haydar Aliyev Sov. IKP MK Siyosiy Byurosining а’zoligidan va SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi o’rinbosari lavozimlaridan o’z arizasiga ko’ra iste’fo berdi.[23]

Haydar Aliyev 1990 yilning 20 yanvarida sovet qo’shinlarining Bokuda amalga oshirgan qonli fojeasi tufayli ertasi kuni (21 yanvar, 1990 yil) Оzarbayjonning Мoskvadagi vakili sifatida bayonot bilan chiqish qilib, Ozarbayjon, xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatning tashkilotchilari va ijrochilarining jazolanishini talab qildi. U Tog’li Qorabog’da vujudga kelgan keskin mojaroli vaziyat bilan aloqador SSSR rahbariyatining ikkiyuzlamachilik siyosatiga e’tiroz ramzi sifatida 1991 yilning iyulida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi safini tark etdi.[24]

1990 yilning iyulida Ozarbayjonga qaytgan Haydar Aliyev dastlab Bokuda, keyin esa Nахchivonda yashadi, xuddi shu yilda Ozarbayjon Oliy Sovetiga deputat qilib saylandi. U 1991-1993 yillarda Nахchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi raisining o’rinbosari sifatida Oliy Sovetning sessiyalarida faol ishtirok etdi.[25] Haydar Aliyev 1992 yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasining Nахchivon shahrida bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida partiyaning raisi etib saylandi.[26]

1993 yilning may-iyunida Ganja shahrida Sur’at Huseynov boshchiligida prezident Аbulfaz Elchibeyga qarshi ko’tarilgan Ganja isyoni natijasida mamlakatda fuqarolar urushi va mustaqillikni boy berish xavfi tug’ilganda Ozarbayjon xalqi Haydar Aliyevning hokimiyatga qaytarilishi talabi bilan oyoqqa qalqdi, bu, asl ma’noda, milliy harakatga aylanib ketdi, Ozarbayjonning o’sha paytdagi davlat boshliqlari uni rasman Bokuga da’vat etishga majbur bo’ldilar. Haydar Aliyev 15 iyunda Ozarbayjon Oliy Sovetining raisi qilib saylandi, 24 iyunda esa Milliy Majlisning qarori bilan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining vazifasini amalga oshira boshladi.[27]

1993 yil 3 oktabrda umumxalq saylovi natijasida Haydar Aliyev Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Uning Ozarbayjon rahbarligiga qaytishi bilan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, sotsial, iqtisodiy, ilmiy-madaniy hayotida, xalqaro aloqalarida o’zgarishlar sodir bo’ldi, ilmiy asoslarga, xalqaro me’yor va tamoyillarga asoslangan mustaqil davlat qurilishi jarayoni boshlandi. Ozarbayjon davlatchiligining mavjudligiga katta xavf slogan 1994 yil oktabr [28] va 1995 yil mart davlat to’ntarishi harakatlarining[29] oldi olindi, davlat mustaqilligi saqlab qolindi, qurolli yo’l bilan hokimiyatni egallash harakatlariga chek qo’yildi.[30]

1994 yil 20 sentabrda Bokuda “Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektorida “Оzariy”, “Chiroq” qatlamlari teranlikda joylashgan qismining birgalikda qazilishi va olingan neftning pay shaklida taqsimlanishi to’g’risida” jahonning 11ta eng yirik neft shirkati bilan Аsr Shartnomasi imzolandi.

Haydar Aliyevning prezidentligi davrida milliy armiya qurilishida jiddiy o’zgarishlar boshlandi. Tajovuzkor qurolli kuchlarning Ozarbayjon hududidagi boshboshdoqliklarning oldi olindi, g’addor dushmanga qarshi zarbalar berildi va 1994 yilning mayida Аrmaniston – Ozarbayjon, Tog’li Qorabog’ mojarosini hal etishning dastlabki bosqichi sifatida front chizig’ida otishmalarni to’xtatishning e’lon qilinishiga erishildi.[31]

1995 yilning noyabrida umumbashariy demokratik qadriyatlarni o’zida aks ettirgan Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining referendum yo’li bilan qabul qilinishi 1995 va 2000 yillarda ko’ppartiyaviylik asosida demokratik parlament saylovlarining o’tkazilishi, Кonstitutsiyaviy sudning faoliyat boshlashi, Ozarbayjonda o’lim jazosining bekor qilinishi, “Маhalliy organlarga saylovlar to’g’risida”gi Qonunning va boshqa bir qator qonunlarning qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi aynan Haydar Aliyevning nomi bilan bog’liqdir.[32]

Haydar Aliyev 1998 yil 11 оktabrda хаlqning yuksak faolligi sharoitida bo’lib o’tgan saylovlarda 76,1 foiz ovoz to’plab, yangidan Оzarbayjon Respublikasining Prezidenti etib saylandi.[33]

Haydar Aliyev 2001 yilning 15 maydagi tarixiy farmoni bilan EAga Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi maqomini berdi va bu bilan ushbu ulkan fan tashkilotining Ozarbayjon xalqi oldidagi xizmatlarini hamda akademik fanning mamlakat ravnaqidagi asosiy omillaridan ekanligi faktini yana bir bor yuksak saviyada tasdiq etdi.[34] Haydar Aliyevning tashabbusi, bevosita rahbarligi bilan 2001 yil 9-10 noyabrda dunyo ozarbayjonliklarining Bokuda bo’lib o’tgan I qurultoyi Ozarbayjon diasporasi faoliyatining yaxshilanishi va kuchaytirilishi sohasida juda muhim tarixiy qarorlar qabul qildi.

2003 yilgi prezident saylovlarida o’z nomzodining ilgari surilishiga rozilik bergan Haydar Aliyev salomatligi borasida yuzaga kelgan muammolar tufayli saylovlarda ishtirok etishdan voz kechdi va o’z nomzodligini Ilhom Aliyev foydasiga qaytarib oldi.[35][36]

Ozarbayjonning umummilliy lideri Haydar Aliyev 2003 yil 12 dekabrda o’zi davolanayotgan Кlivlend Klinikasida (АQSH) vafot etdi va 15 dekabrda Bokudagi I faxriy Xiyobonda dafn etildi.[37]

Mukofotlari, taqdirlanishlari va faxriy nomlari[edit]

SSSR davri[edit]

  1. “1941-1945 yillar Ulug’ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali – 1945
  2. “1941-1945 yillar Ulug’ Vatan urushida ko’rsatgan fidokorona mehnatlari uchun” medali – 1945
  3. “Sovet armiyasi va Flotining 30 yilligi” medali – 1948[38]
  4. “Fidokorona mehnatlari uchun” medali – 1949[39][40]
  5. “Urushda ko’rsatgan xizmatlari uchun” medali – 1954[41]
  6. "SSSR Qurolli Kuchlarining 40 yilligi” yubiley medali – 1957
  7. II darajali “Namunaviy xizmatlari uchun” medali – 1959
  8. “DXKning faxriy xodimi” nishoni – 1960
  9. “Qizil Yulduz” оrdeni – 1962[42][43][44]
  10. Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining Faxriy Yorlig’i – 1964
  11. I darajali “Namunali xizmatlari uhun” medali – 1964
  12. “1941-1945 yillar Ulug’ Vatan urushidagi g’alabaning 20 yilligi” medali –1965
  13. “Sovet militsiyasining 50 yilligi” yubiley medali – 1967
  14. “UFK – VXK 50 yilligi nishoni” – 1967
  15. “SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi” yubiley medali – 1967
  16. “SSSR Chegara Qo’shinlarining 50 yilligi” yubiley nishoni – 1968
  17. “V.I.Lenin tug’ilganining 100 yilligi sharafiga fidokorona xizmatlari uchun” yubiley medali – 1970
  18. 5 marta Lenin ordeni (1971, 1973, 1976, 1979, 1983)[45]
  19. “1941-1945 yillar Ulug’ Vatan urushida erishilgan g’alabaning 30 yilligi” yubiley medali – 1975
  20. “SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi” yubiley medali – 1978
  21. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1979, 1983)
  22. “Oktabr Revolyutsiyasi” ordeni – 1982
  23. Sov. IKP МК "Politicheskoe samoobrazovanie" jurnali tahrir hay’atining Faxriy Yorlig’i – 1982
  24. “Kiyevning 1500 yillik yubileyi xotirasiga” – 1982
  25. “Georgiy Dmitrov tug’ilganining 100 yilligi” yubiley medali – 1982[46]
  26. Georgiy Dmitrov ordeni – 1983[47]
  27. “Komsomolsk – Amurning 50 yilligi” yubiley medali – 1984
  28. VLKSM MK ning "60 yil V.I.Lenin nomi bilan” faxriy nishoni – 1984
  29. “Qirg’iziston SSR va Qirg’iziston Kommunistik Partiyasining 60 yilligi” xotira medali – 1984
  30. “Patris Lumumba nomidagi Xalqlar Do’stligi universiteti – 25 yil” medali - 1985
  31. “1941-1945 yillar Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaning 40 yilligi” yubiley medali – 1985
  32. I darajali Vatan Urushi Ordeni – 1985[48][49]
  33. “SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi” yubiley medali – 1988

Mustaqillik davri[edit]

  1. Тbilisi Davlat universitetining faxriy doktori – 1996[50]
  2. Kiyev shahrining faxriy mehmoni – 1997[51]
  3. Turkiya – Оzarbayjon Do’stligi Vaqfining faxriy raisi – 1997
  4. Hindiston – Boku Assotsiyatsiyasining faxriy a’zosi – 1997
  5. Amerika – Оvroosiyo Sanoat – Savdo Palatasining “1997 yil kishisi” mukofoti – 1997
  6. Milliy Olimpiya Komitetlari Assotsiyatsiyasining “Layagad” mukofoti – 1997
  7. “Anqara tadbirkorlari” jamiyatining “1997 yilning ajoyib davlat arbobi” mukofoti – 1997
  8. “Anqara tadbirkorlari” jamiyatining 1998 yilning davlat arbobi” mukofoti – 1998[52]
  9. “Anqara tadbirkorlari” jamiyatining "2001 yilning dono davlat arbobi” mukofoti – 2001
  10. “Anqara tadbirkorlari” jamiyatining "2002 yilning davlat arbobi” mukofoti – 2002[53]
  11. Qirqpinor erkin kurash musobaqalarining “Bosh Оg’asi” – 1998[54]
  12. Qars shahar hokimining “1997 yil inson huquqlari” mukofoti – 1998[55]
  13. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining “Yilning davlat arbobi” mukofoti – 1998[56]
  14. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining “Yilning davlat arbobi” mukofoti – – 1999
  15. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining “Yuksak bashariy xizmat” mukofoti – 2002[57]
  16. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining faxriy raisi – 2002
  17. Turk Dunyosi Yozuvchilar va San’atkorlar vaqfining[58] “Turk dunyosiga xizmat” mukofoti[59] – 1998[60]
  18. Turk Dunyosi Yozuvchilar va San’atkorlar vaqfining “Turk dunyosining 2001 yil alohida mukofoti” – 2002[61]
  19. Ozarbayjon Yozuvchilar biligining a’zosi – 1998
  20. Rossiyaning Saratov viloyatidagi “Yurt” jamiyatining faxriy a’zosi –1998[62]
  21. Turkiya Gazetachilar va Yozuvchilar vaqfining “Xalqaro turk dunyosi qardoshlik va do’stlik mukofoti” – 1998
  22. Turkiya Gazetachilar va Yozuvchilar vaqfining “Xalqaro turk dunyosi qardoshlik va do’stlik mukofoti” – 2000
  23. Turkiya Boyburt diyorining “Dada Qo’rqut” mukofoti – 1998[63]
  24. Тurkiya Izmir shahri Qarshiyoko hokimining “Inson huquqlari” xalqaro mukofoti – 1998[64][65]
  25. Turkiya Ipak Yo’li vaqfining faxriy a’zosi va mukofoti – 1998[66]
  26. Turkiya Ipak Yo’li vaqfining 1998 yil “Buyuk lider” mukofoti va vaqfning faxriy raisi – 1999
  27. Turkiya Ipak Yo’li vaqfining “1999 yilning davlat arbobi” mukofoti – 2000
  28. Turkiya Ipak Yo’li vaqfining “2001 yilning davlat arbobi” mukofoti – 2001
  29. Turkiya Ipak Yo’li vaqfining “2002 yilning siyosiy arbobi” mukofoti – 2003
  30. Turkiya “Siyosat” jurnalining “Yilning shuhrat mukofoti” – 1998
  31. Turkiya “Siyosat” jurnalining “Yilning davlat arbobi” mukofoti – 2003[67]
  32. Turkiya Marmara guruhi Strategik va Sotsial tadqiqotlar vaqfining faxriy raisi – 1998
  33. Turkiya Marmara guruhi Strategik va Sotsial tadqiqotlar vaqfining “Bugunning eng bardoshli kishisi” mukofoti – 1999
  34. Turkiya Marmara guruhi Strategik va Sotsial tadqiqotlar vaqfining 2002 yilning “Bosh ustoz Otaturk” mukofoti – 2002
  35. Xalqaro Biografiya markazining (Аngliya, Кеmbridj) “Dunyoning ХХ asrdagi ajoyib arbobi” mukofoti – 1999[68]
  36. Ozarbayjon Respublikasi Aslzodalar Majlisining 1 raqamli shahodatnomasi– 1999
  37. I.Ya.Yakovlev nomidagi Umumchuvashiya Milliy mukofoti – 2000
  38. Rossiya Kinematografiya san’ati akademiyasining “Nika” mukofoti – 2000
  39. Xalqaro Havaskor boks assotsiyatsiyasining faxriy mukofoti – 2001
  40. “Ruh” Ozarbayjon jurnalistlari “Ruh” mudofaa qo’mitasining “Jurnalistlar do’sti” mukofoti – 2002[69]
  41. “Rossiya Milliy Shuhrati markazi”ning “Sivilizatsiya dialogi” xalqaro Andrey Pervozvanniy mukofoti – 2002[70]
  42. Ovroosiyo teleforumi mukofoti va diplomi – 2002
  43. Turkiya “Somonyo’li” televizion kanalining “Мedianing do’sti” mukofoti – 2002[71]
  44. Маmmаd Оraz mukofoti– 2003
  45. Turkiya “Zamon” gazetasining “Оvroosiyoda tinchlik va dialog” xalqaro mukofoti – 2003
  46. Моskva Huquq akademiyasining faxriy doktori – 1997[72]
  47. Izmir shahar “To’qqizinchi Sentabr” universitetining faxriy doktori – 1997[73]
  48. Istanbul shahar “Fotih” universitetining faxriy doktori – 1997[74]
  49. Аl-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy Davlat universitetining faxriy doktori – 1997[75]
  50. Toshkent Davlat Universitetining faxriy doktori - 1997[76]
  51. Turkiya Respublikasining yuksak mukofoti – “Davlat nishoni” –1997[77][78]
  52. Ukrainaning yuksak mukofoti – “Yaroslav Mudriy” оrdeni – 1997[79]
  53. Izmir shahаr Egey universitetining faxriy doktori – 1998
  54. Оtaturk nomidagi Arzurum universitetining faxriy doktori – 1998[80]
  55. Iskandarin shahar universitetining faxriy doktori – 1999
  56. Isparta universitetining faxriy doktori – 1999[81]
  57. Xalqaro Kadr Akademiyasining “Fan va ta’limning rivoji uchun” xalqaro ordeni – 1998[82]
  58. Тurkiyaning eng nufuzli mukofoti – “Otaturk Xalqaro Tinchlik mukofoti” – 1999
  59. Usmong’ozi universitetining faxriy doktori– 2000
  60. Rossiya Rassomlik akademiyasining “Layoqat” oltin medali – 2000
  61. Аnqara universitetining faxriy doktori – 2001[83]
  62. Xalqaro Muhandislik akademiyasining “Katta oltin medali” – 2001
  63. Ukraina "Оltin taqdir" Xalqaro oshkora mashhurlik reytingining “Gloriya Populi” oltin yulduzi – 2001[84]
  64. Rus Pravoslav Cherkovining (RPCh) I darajali “Tabarruk taqvodor Moskva knyazi Daniil” ordeni – 2001[85]
  65. Gruziyaning оliy mukofoti – “Oltin runo” ordeni – 2001[86]
  66. Bursa shahar Uludog’ universitetining faxriy doktori – 2002
  67. Xalqaro Fanlar akademiyasining faxriy akademigi – 2002
  68. Qars shahar Kavkaz universitetining faxriy doktori – 2002
  69. Xalqaro Uzumchilik va Sharobchilik akademiyasining faxriy a’zosi – 2002
  70. Моskva Davlat xalqaro munosabatlar institutining faxriy doktori – 2002
  71. Qiriqqal’a universitetining faxriy doktori – 2003
  72. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik, Mudofaa va Huquq tartiboti muammolari akademiyasining professori va haqiqiy a’zosi, Yu.V.Andropov #nomidagi mukofot – 2003[87]
  73. АQSH Linkoln universitetining faxriy doktori – 2003[88]
  74. Ukraina Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faxriy doktori – 2003[89]
  75. Evropa Kurash federatsiyasining “Oltin bo’yinbog’” alohida nishoni – 2002[90]
  76. Хalqaro Xayriya Murabbiysi fondining oltin medali – 2002[91]
  77. Fransiya Respublikasi “Faxriy Legion” ordening Каtta Xochi – 2003[92]
  78. Rossiyaning eng yuksak mukofoti – “Мuqaddas Apostol Andrey Pervozvanniy” ordeni – 2003[93]
  79. Bolalar Fondlari Xalqaro assotsiyatsiyasining Lev Tolstoy nomidagi xalqaro oltin medali – 2003[94]
  80. Ukraina madaniyat jamiyatining “Shuhrat” ordeni – 2003[95]
  81. Аnqara shahar Hojattepa universitetining faxriy doktori – 1994[96]
  82. Boku Davlat universitetining faxriy doktori – 2000
  83. Моskva Davlat universitetining faxriy professori – 2002[97]
  84. Техаs shtatining faxriy fuqarosi – 1997
  85. Тurkiya “Nargiz TV” kanalining 1997 yil uchun “Dunyo yil kishisi” mukofoti – 1998[98]
  86. “Оzarbayjon yil kishisi” mukofoti – (2002, 2003)[99]
  87. Shayxulislom Ordeni – 2005 (vafotidan so’ng)[100]

Fotosuratlari[edit]

Filateliyada[edit]

Haydar Aliyevning haykal va byustlari[edit]

  • Naxchivon shahrida Haydar Aliyevning byusti (1983 yil, haykaltarosh – Umar Eldorov) [101]
  • Haydar Aliyevning haykali (Boku, 2005 yil).
  • Ozarbayjon umummilliy lideri Haydar Aliyevning qabr ustidagi obidasi (Boku, 2004 yil)[102]
  • Misr G’olibiya viloyati Qanatir shahrida umummilliy lider Haydar Aliyev obidasi va Ozarbayjon – Misr do’stlik xiyoboni – 2008.[103]
  • Тurkiyaning Istanbul shahri Sarier tumanida Haydar Aliyev xiyoboni va haykali – 2006.[104]
  • Serbiyaning Belgrad shahar Toshmaydon xiyobonida Haydar Aliyevning haykali – 2011.[105]
  • Gruziyaning poytaxt shahri Tbilisida Haydar Aliyevning byusti.

“Haydar Аliyev” ordeni[edit]

“Haydar Aliyev” ordeni Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri, mustaqil Ozarbayjon davlatining me’mori va asoschisi Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqi va davlati oldidagi beistisno tarixiy xizmatlarini nazarda tutgan holda va uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Оzarbayjon Respublikasining 2005 yil 22 apreldagi tarixiy 896-PQ sonli Qonuni bilan ta’sis etilgan.[106]

Хоtira nishonlari[edit]

Shuningdek qarang[edit]

Havolalar[edit]

Manbalar[edit]

  1. ^ OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISI (24.06.1993). "Ozrbayjon Respublikasining Prezidenti Abulfaz Qadirqulu o'g'li Aliyevning (Elchibeyning) Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti vazifalarini bundan keyin ijro eta olmasligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti lavozimining Ozarbayjon Respublikasi Oliy Sovetining raisi Haydar Alirzo o'g'li Aliyevga o'tishi to'g'risida OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISINING QARORI". e-qanun.az (in Azerbaijani). e-qanun.az. Retrieved 2015-03-16. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  2. ^ OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISI (15.06.1993). ""H. A. Aliyevning Ozarbayjon Respublikasi Oliy Sovetining Raisi etib saylanishi to'g'risida OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISINING QARORI". e-qanun.az (in Azerbaijani). e-qanun.az. Retrieved 2015-03-16. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  3. ^ OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISI (05.11.1993). "Ozarbayjon Respublikasi Oliy Sovetining Raisi Haydar Alirzo o'g'li Aliyevning Ozarbayjon Respublikasi xalq deputati vazifasini yakunlash to'g'risida OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISINING QARORI". e-qanun.az (in Azerbaijani). e-qanun.az. Retrieved 2015-03-16. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  4. ^ Mehmon Shabanov (03.09.2014). "1991 yil 3 sentyabr – Ozarbayjon ozodligi yo'lining muqaddimasi". ResmiXeber.az saytı (in Azerbaijani). http://resmixeber.az/. Retrieved 2015-02-09. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help); External link in |publisher= (help)
  5. ^ ""Ozarbayjon Chegara Muhofazasi tarixi. Sovet hokimiyati yillarida. (aprel 1920 – dekabr 1991)". Ozarbayjon Respublikasi Davlat Chegara Xizmati saytı (in Azerbaijani). dsx.gov.az. Retrieved 2015-03-08.
  6. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 136-b.
  7. ^ "Dunyo Ozarbayjonlarining Birdamlik Kuni munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining MUROJAATI". Ozarbayjon (gazeta) Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. 29.12.2012. Retrieved 2015-02-09. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  8. ^ ""Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Alirzo o'g'li Aliyev xotirasini abadiylashtirish to'g'risida" Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2004 yil 10 martdagi 38-sonli Farmoni" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-02-09.
  9. ^ Qosimli M.J. Haydar Aliyev — istiqlolga eltuvchi yo‘l (1969-1987 yillar). Boku, Boku Universiteti nashriyoti, 2006. 68-b.
  10. ^ "Biografiya". Haydar Aliyev fondi saytı (in Azerbaijani). heydar-aliyev-foundation.org. Retrieved 2015-02-06.
  11. ^ "Haydar Aliyev muzeyi". Ozarbayjon Respublikasi Maxsus Davlat Muhofaza Xizmati saytı (in Azerbaijani). dmx.gov.az. Retrieved 2015-03-01.
  12. ^ Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi. IV jild. Boku-1980. 178-b.
  13. ^ Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi. IV jild. Boku-1980. 178-b.
  14. ^ "HAYDAR ALIYEV". Haydar Aliyev Markazi saytı (in Azerbaijani). heydaraliyevcenter.az. Retrieved 2015-02-25.
  15. ^ General-mayor harbiy unvoniga taqdim etish (SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavsizlik Komitetining 1967 yil 30 oktyabrdagi 136-sonli maxfiy buyrug‘i). — OR MXX muzeyi materiallari.
  16. ^ "Haydar Aliyev muzeyi". Ozarbayjon Respublikasi Maxsus Davlat Muhofaza Xizmati saytı (in Azerbaijani). dmx.gov.az. Retrieved 2015-03-03.
  17. ^ TARIX (qabul imtihonlariga tayyorlanuvchilar, yuqori sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmasi). Boku-2006. 521-b.
  18. ^ "Aliyev Haydar". Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-02-06.
  19. ^ SSSR Oliy Soveti deputatlari. O‘n birinchi chaqiriq. Moskva-1984.18-b.
  20. ^ SSSR Oliy Soveti deputatlari. O‘n birinchi chaqiriq. Moskva-1987. 11-b.
  21. ^ "Bugun – Haydar Aliyev tavalludining 88 yilligi". Lent.az saytı (in Azerbaijani). news.lent.az. 10.05.2011. Retrieved 2015-02-14. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  22. ^ "Haydar Aliyev va Ozarbayjon Parlamenti". Milliy Majlis saytı (in Azerbaijani). meclis.gov.az. Retrieved 2015-02-26.
  23. ^ Qosimli, Muso ((Boku-2006.180 b.)). ""Haydar Aliyev – istiqlolga eltuvchi yo'l (1969-1987 yillar)" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-02-21. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  24. ^ "Biografiya". Haydar Aliyev Fondi saytı (in Azerbaijani). heydar-aliyev-foundation.org. Retrieved 2015-02-06.
  25. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002.137-b.
  26. ^ "Aliyev Haydar Alirzo o'g'li". az:Prezident.az saytı (in Azerbaijani). president.az. Retrieved 2015-02-06.
  27. ^ Naxçıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 137-138-b.
  28. ^ Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar ALIYEV (07.10.1994). ""S. D. Huseynovning Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri lavozimidan ozod etilishi to'g'risida OZARBAYJON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI". az:e-qanun.az (in Azerbaijani). e-qanun.az. Retrieved 2015-03-16. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  29. ^ Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar ALIYEV (15.03.1995). ""R. B. Javodov haqida OZARBAYJON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI". az:e-qanun.az (in Azerbaijani). e-qanun.az. Retrieved 2015-03-16. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  30. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 138-b.
  31. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 138-b.
  32. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 139-b.
  33. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 140-b.
  34. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 140-b.
  35. ^ "Umummilliy lider Aliyev Haydar Alirzo o'g'li". az:President.az saytı (in Azerbaijani). president.az. Retrieved 2015-03-09.
  36. ^ "OZARBAYJON XALQINING UMUMMILLIY LIDERI HAYDAR ALIRZO O'G'LI ALIYEV HAYOTI VA FAOLIYATINING XRONOLOGIYASI 1993-2003" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-03-09.
  37. ^ "HAYDAR ALIYEV". Haydar Aliyev Markazi saytı (in Azerbaijani). heydaraliyevcenter.az. Retrieved 2015-02-06.
  38. ^ ""Ozarbayjon maxsus xizmat organlarining rahbarlari. Aliyev Haydar Alirzo o'g'li: 1967 iyun - 1969 iyul". Ozarbayjon Respublikasi Milliy Xavfsizlik Vazirligi saytı (in Azerbaijani). mns.gov.az. Retrieved 2015-03-01.
  39. ^ "OZARBAYJON XALQINING UMUMMILLIY LIDERI HAYDAR ALIRZO O'G'LI ALIYEV HAYOTI VA FAOLIYATINING XRONOLOGIYASI 1923-1969" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-03-01.
  40. ^ Arkhivnyye dokumenty, otrazhayushchiye politicheskuyu deyatel’nostʼ Geydara Aliyeva, Dokument 13. — v kn. Irada Guseynova. Geydar Aliyev — ot politicheskogo rukovoditelya k obshchenatsional’nomu lideru. Baku, „Takhsil“, 2005.
  41. ^ Haydar Aliyev. Mukofotlar. Boku-2004. 10-b.
  42. ^ "2. Ozarbayjon rahbari (1969-1982), 5-b" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-02-26.
  43. ^ Irada Guseynova. Geydar Aliyev — ot politicheskogo rukovoditelya k obshchenatsional’nomu lideru. Baku, „Takhsil“, 2005. str. 67.
  44. ^ Predstavleniye k prisvoyeniyu voinskogo zvaniya general-mayora (SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komitetining 1967 yil 30 oktyabrdagi 136-sonli maxfiy buyrug‘i.) — OR MXX muzeyi materiallari.
  45. ^ Irada Guseynova. Geydar Aliyev — ot politicheskogo rukovoditelya k obshchenatsional’nomu lideru. Baku, „Takhsil“, 2005. str. 67-68.
  46. ^ "Medal' "100 let so dnya rozhdeniya Georgiya Dimitrova"" (in Russian). faleristu.ru. Retrieved 2015-02-22.
  47. ^ "Orden «Georgiy Dimitrov»" (in Russian). ru.wikipedia.org. Retrieved 2015-02-22.
  48. ^ "OZARBAYJON XALQINING UMUMMILLIY LIDERI HAYDAR ALIRZO O'G'LI ALIYEV HAYOTI VA FAOLIYATINING XRONOLOGIYASI 1983-1990" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-03-01.
  49. ^ Arkhivnyye dokumenty, otrazhayushchiye politicheskuyu deyatel’nostʼ Geydara Aliyeva, Dokument 19. — v kn. Irada Guseynova. Geydar Aliyev — ot politicheskogo rukovoditelya k obshchenatsional’nomu lideru. Baku, „Takhsil“, 2005.
  50. ^ "Tbilisi Davlat Universitetining Faxriy doktori diplomining topshirilishi marosimida Ozarbayjon Ruspublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning chiqishi – 1996 yil 9 mart". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  51. ^ ""Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevga Kiyev shahrining Faxriy mehmoni diplomi va shahar ramziy kalitining topshirilishi marosimidagi chiqish - Kiyev Shahar idorasi, 1997 yil 25 mart". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  52. ^ ""Anqara tadbirkor ayollar uyushmasi yilning umumbashariy kishilarini aniqladi". az:PorttaKal.com saytı (in Turkish). porttakal.com. 26.11.1998. Retrieved 2015-03-02. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  53. ^ Aslan Aslanov, Turol Rzaev, AzərTAc ning maxsus muxbirlari (28.06.2002). "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaga amaliy safari". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)CS1 maint: multiple names: authors list (link)
  54. ^ "Turkiyaning Adirna shahri hokimi Hamdi Sadafchi va Adirnaning tarixiy Qirqpinor rahbari Husayn Shoin bilan uchrashuvdagi chiqishi" (PDF). Prezident Kutubxonasi saytı (in Azerbaijani). preslib.az. Retrieved 2015-03-01.
  55. ^ "Ozarbayjon Ruspublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaning Qars shahar hokimligi, Turk Sanoatchilar va tadbirkorlar vaqfining (TVCUAB) 1997 yilning Inson huquqlari va "Yilning davlat kishisi" mukofotlarining topshirilishi marosimidagi chiqishi - Istanbul, "Ceylan interkontinental" oteli, 1998 yil 14 fevral". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  56. ^ "Ozarbayjon Ruspublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaning Qars shahar hokimligi, Turk Sanoatchilar va tadbirkorlar vaqfining (TVCUAB) 1997 yilning Inson huquqlari va "Yilning davlat kishisi" mukofotlarining topshirilishi marosimidagi chiqishi - Istanbul, "Ceylan interkontinental" oteli, 1998 yil 14 fevral". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  57. ^ Aslan Aslanov, Turol Rzaev, AzərTAc ning maxsus muxbirlari (28.06.2002). "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaga amaliy safari". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)CS1 maint: multiple names: authors list (link)
  58. ^ Turk dunyosi Yozuvchilar va Sanʼatkorlar Vaqfi
  59. ^ "Turk Dunyosi Xizmat Ordeni"
  60. ^ AzərTAc (27.01.1998). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev TÜRKSAV ning "Turk dunyosiga xizmat" mukofotiga loyiq ko'rildi". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  61. ^ Aslan Aslanov, Turol Rzaev, AzərTAc ning maxsus muxbirlari (28.06.2002). "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaga amaliy safari". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)CS1 maint: multiple names: authors list (link)
  62. ^ AzərTAc (14.05.1998). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Saratovda yashaydigan yurtdoshlarimizni qabul qildi". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  63. ^ AzərTAc (06.09.1998). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevga Turkiyaning eng yuksak uch mukofoti topshirildi". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  64. ^ AzərTAc (06.09.1998). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevga Turkiyaning eng yuksak uch mukofoti topshirildi". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  65. ^ Ug‘ur QOYON (08.12.2000). "Pishgan sutning tugashi" (in Turkish). Retrieved 2015-03-01. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  66. ^ AzərTAc (06.09.1998). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevga Turkiyaning eng yuksak uch mukofoti topshirildi". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  67. ^ AzərTAc (25.03.2003). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Turkiyaning eng nufuzli va mashhur "Siyosat" jurnalining "Yilning davlat arbobi mukofoti"ga loyiq ko'rildi". Xalq gazetasi saytı (in Azerbaijani). xalqqazeti.com. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  68. ^ AzərTAc (22.01.1999). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev – XX asrning ajoyib arbobi". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  69. ^ ""Ruh" Jurnalistlari Mudofaa Qo'mitasi tomonidan "Jurnalistlar do'sti" mukofoti topshirilishi marosimida Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev nutqi - "Hayot Rejensi-Naxchivon mehmonxonasi" 2002 yil 22 mart". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-03-01.
  70. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning "Sivilizatsiyalar dialogi" Xalqaro Andrey Pervozvanniy mukofotining topshirilishi marosimidagi nutqi – Sankt-Peterburg, 2002 yil 9 iyun". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-03-01.
  71. ^ Masut Chevilkalp (16.10.2002). "STV Aliyevni mukofotladi". Zamon gazetasi saytı (in Azerbaijani). zaman.com.tr. Retrieved 2015-03-02. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  72. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Ozarbayjon Respublikasining Prezidentiga Moskva Davlat Huquq Akademiyasining Faxriy doktori nomi berilishi marosimidagi chiqishi - 1997 yil 29 mart". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  73. ^ "Ozarbayjon Prezidentiga "9 Sentyabr" Universitetining Faxriy doktori nomi berilishi marosimida Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning nutqi – İzmir, 1997 yil 7 may". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  74. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning "Fotih" Universitetining Faxriy doktori nomi berilishi marosimidagi nutqi – Istanbul,1997 yil 8 may". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  75. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Qozog'iston Respublikasiga rasmiy safari" (1997 yil 10-11 iyun)". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  76. ^ "Ozarbayjon – O'zbekiston munosabatlari". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  77. ^ "Turkiya Jumhuriyati Davlat Nishoni" (in Turkish). tr.wikipedia.org. Retrieved 2015-02-10.
  78. ^ Aslan Aslanov, AzərTAc ning maxsus muxbiri (06.05.1997). "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaga rasmiy safari". Xalq gazetasi saytı (in Azerbaijani). xalqqazeti.com. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  79. ^ "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning Ukrainaning Oliy Mukofoti – Yaroslav Mudriy ordeni topshirilishi marosimidagi nutqi – Kiyev, Mariya Saroyi, 1997 yil 24 mart". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-03-01.
  80. ^ "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Turkiyadagi Arzurum Universitetining Faxriy doktori nomiga loyiq ko'rildi". Ozarbajon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. 03.05.1998. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  81. ^ "Isparta Universitetining Faxriy doktori nomi berilishiga bag'ishlangan tantanali marosimda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning nutqi - 1999 yil 28 noyabr". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  82. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Xalqaro Kadr Akademiyasining rahbariyati bilan uchrashuvidagi suhbati – Prezident saroyi, 1998 yil 14 dekabr". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-22.
  83. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaga safari paytida Anqara universitetidagi nutqi - 2001 yil 16 mart". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  84. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Ukraina Mudofaa Vaziri, armiya generali Aleksandr Kuzmuk va "Oltin taqdir" Xalqaro Yaqqol Mashhurlik Reytingi Bosh direktorligining raisi Dmitriy Akimov bilan uchrashuvidagi suhbati – Prezident saroyi, 2001 yil 18 may". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-22.
  85. ^ "Dinning eng birinchi maqsadi – kishilar o'rtasida tinch-totuvlik yaratmoqdir". Respublika gazetasi saytı (in Azerbaijani). respublica-news.az. 30.05.2001. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  86. ^ "Respublika jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va Gruziya Oliy Mukofoti – "Oltin Runo" ordeni topshirilishi marosimida Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning kirish so'zi va yakuniy nutqi - 2001yil 29 sentyabr". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-10.
  87. ^ "Umummilliy lider Aliyev Haydar Alirzo o'g'li". az:President.az saytı (in Azerbaijani). president.az. Retrieved 2015-03-02.
  88. ^ "Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev AQSH Linkoln Universitetining Faxriy doktori nomiga loyiq ko'rildi". Xalq gazetasi saytı (in Azerbaijani). xalqqazeti.com. 15.04.2003. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  89. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Kiyev viloyat ma'muriyatining raisi Anatoliy Zasuxan boshchiligidagi vakillar hay'ati bilan uchrashuvidagi suhbatidan – 2003 yil 27 iyun". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-23.
  90. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning erkin kurash bo'yicha 45-Yevropa chempionati faxriy mehmonlari bilan uchrashuvi – Prezident saroyi, 2002 yil 3 may". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-22.
  91. ^ Aslan ASLANOV, Turol RZAEV, AzərTAc ning maxsus muxbirlari (28.06.2002). "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaga amaliy safari". Ozarbayjon gazetasi saytı (in Azerbaijani). azerbaijan-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)CS1 maint: multiple names: authors list (link)
  92. ^ Jak SHIRAK, Fransiya Respublikasining Prezidenti (10.05.2003). "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti zoti oliylari janob Haydar Aliyevga". Respublika gazetasi saytı (in Azerbaijani). respublica-news.az. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  93. ^ "Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining ma'lumoti". Respublika gazetasi saytı (in Azerbaijani). respublica-news.az. 11.05.2003. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  94. ^ AzərTAc (16.05.2003). "Ozarbayjon Prezidenti Lev Tolstoy nomidagi xalqaro oltin medal bilan mukofotlandi". Xalq gazetasi saytı (in Azerbaijani). xalqqazeti.com. {{cite news}}: |access-date= requires |url= (help); Check date values in: |date= (help)
  95. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Kiyev viloyat ma'muriyatining raisi Anatoliy Zasuxan boshchiligidagi vakillar hay'ati bilan uchrashuvidagi suhbatidan - 2003 yil 27 iyun". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-22.
  96. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiya Jumhuriyatiga birinchi rasmiy safari" (1994 yil 8 – 11 fevral)". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-26.
  97. ^ "Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Moskva Davlat Universitetining Faxriy doktori diplomining topshirilishi marosimidagi nutqi - 2002 yil 25 yanvar". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-26.
  98. ^ ""Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Haydar Aliyevning Turkiyaning "Nargiz TV" televideniyesining 1997 yil uchun "Dunyo yil kishisi" mukofotining topshirilishi marosimidagi nutqi – Istanbul, Lutfiy Qirdor nomidagi xalqaro konferensiya va ko'rgazma saloni, 1998 yil 13 fevral". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-02-10.
  99. ^ "ANS shirkatlar guruhi va Chingiz Mustafoyev nomidagi fond ta'sis etgan "2002 yil kishisi" mukofoti va diplomining topshirilishi marosimida Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev nutqi - 2003 yil 11 yanvar". Haydar Aliyev Merosini O‘rganish Markazi saytı (in Azerbaijani). aliyevheritage.org. Retrieved 2015-03-02.
  100. ^ "Shayxulislom Ordeni". Qofqoz Musulmonlar Idorasi saytı (in Azerbaijani). qafqazislam.com. Retrieved 2015-02-10.
  101. ^ Naxchıvon ensiklopediyası. Boku, Elm, 2002. 141-b.
  102. ^ "Umar Eldorov" (in Azerbaijani). az.wikipedia.org. Retrieved 2015-02-10.
  103. ^ "MISRNING G'OLIBIYA VILOYATI QANATIR SHAHRIDA UMUMMILLIY LIDER HAYDAR ALIYEV OBIDASI VA OZARBAYJON – MISR DO'STLIK XIYOBONINING OCHILISHI BO'LIB O'TDI". az:AzərTAc saytı (in Azerbaijani). azertag.az. 07.02.2008. Retrieved 2015-02-10. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  104. ^ "ISTANBULNING SARIYER TUMANIDA UMUMMILLIY LIDER HAYDAR ALIYEV OBIDASINING OCHILISHI". az:AzərTAc saytı (in Azerbaijani). azertag.az. 12.07.2006. Retrieved 2015-02-10. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  105. ^ "Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Belgradda Toshmaydon xiyobonining ochilish marosimida ishtirok etdi". az:President.az saytı (in Azerbaijani). president.az. 08.06.2011. Retrieved 2015-02-10. {{cite web}}: Check date values in: |date= (help)
  106. ^ „Haydar Aliyev“ ordenini taʼsis etish haqida OZARBAYJON RESPUBLIKASINING QONUNI